O‘zbekiston delegatsiyasi Irlandiyada bo‘lib o‘tgan HOPE — 2025 ("HOspital PEdagogy") xalqaro kongressida qatnashdi

16:56 19 May 2025 Jamiyat
166 0

O‘zbekiston Irlandiyaning Dublin shahrida bo‘lib o‘tgan HOPE — 2025 ("HOspital PEdagogy") xalqaro kongressida qatnashdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yurtimiz vakillari orasida "Mehrli maktab" gospital maktabi jamoasi ham bo‘lib, pedagoglar kongress ishtirokchilari bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar, gospital metodikalar hamda inklyuziv amaliyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan yalpi majlislar va seksiya muhokamalarida qatnashishdi.

HOPE — 2025 xalqaro anjumanidagi ishtirok milliy mutaxassislarga gospital pedagogikasi sohasidagi eng samarali jahon amaliyotlarini o‘zlashtirish, noyob ta’lim tizimini takomillashtirishga hissa qo‘shish imkonini berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер