Oʻzbekiston BMTning Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi bilan amaliy hamkorlikni kuchaytiradi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadzeni qabul qildi.
Oʻzbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, shu jumladan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilinib, kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan rejalar koʻrib chiqildi.
Taʼkidlash lozim, Markaz bilan hamkorlik tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, terrorizmga qarshi kurashish, tinchlikni mustahkamlashda ayollar va yoshlar salohiyatidan foydalanish, nizolarning oldini olish va hal etish, shuningdek, transchegaraviy suv va energiya resurslaridan birgalikda va oqilona foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston BMT doirasida xalqaro hamjamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan, barqarorlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilishga amaliy hissa boʻlib qoʻshilayotgan tashabbuslarni ilgari surayotgani alohida taʼkidlandi.
Mintaqaviy darajadagi muloqot va hamkorlik uchun turli platformalar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti atigi 3-yil ichida gender tenglikni taʼminlash boʻyicha dolzarb takliflarni ishlab chiqish uchun muhim maydonga aylanganiga, bu borada Markazning faol ishtirokiga toʻxtalib oʻtildi.
Shu nuqtayi nazardan Muloqot doirasida yangi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Toshkent shahrida doimiy faoliyat yurituvchi Muloqot kotibiyatini ochish masalasini koʻrib chiqish taklifi ilgari surildi.
Shuningdek, muloqot chogʻida mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarining preventiv diplomatiyaning zamonaviy usullari va vositalari haqidagi bilimlarini oshirish boʻyicha Markaz bilan ushbu sohada samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.
Kaxa Imnadze Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining oʻzaro munosabatlari tinchlik va barqarorlikni taʼminlash har jihatdan oʻsishni taʼminlashga xizmat qilayotganiga, bunda Oʻzbekistonning alohida hissasiga toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida mintaqaviy tusdagi qator dolzarb masalalar yuzasidan yaqin va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
- Prezident Shayxontohur tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida boʻldi
- “Real” braziliyalik yulduzini ashaddiy raqiblaridan biriga sotib yuborishi mumkin
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Kamolon mahallasida boʻlib, aholi bilan suhbatlashdi
- Dollarning soʻmga nisbatan qiymati yangilandi
- Prezident Toshkentdagi gastroturizm koʻchasi bilan tanishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring