Oʻzbekiston Bangkok moda haftaligida ishtirok etdi
Joriy yil 24-30-sentyabr kunlari Bangkok shahridagi yangi bunyod etilgan “IconSiam” savdo markazida Tailand Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan anʼanaviy yillik “Thai Silk Fashion Week 2020” moda haftaligi tashkil etildi. Unda koʻrgazma-yarmarka va ipak mahsulotlarining moda namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Shu oʻrinda taʼkidlash joiz, qirolicha Sirikit homiyligida 2010-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan ushbu madaniy tadbirda Oʻzbekiston vakillari ilk bor 2019-yilda ishtirok etgan.
Tadbir davomida Bangkok shahridagi 27 mamlakat diplomatik vakolatxonalari tomonidan xorijiy moda uylari mahsulotlari taqdim etildi. Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi “Anor” modalar uyi tomonidan ipakdan ishlangan dizaynerlik ishlarini koʻrgazma-yarmarkada namoyish etdi. Shuningdek, oʻzbek hunarmandlari mahsulotlari koʻrgazmasi, mamlakatimiz turizm salohiyatiga oid videomateriallar taqdimoti va oʻzbek milliy oshxonasi taomlarini tatib koʻrish marosimi tashkil qilindi.
Tailand turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan ushbu tadbirda faol ishtiroki uchun Oʻzbekiston Bosh konsulxonasiga minnatdorlik izhor qilindi. Jamharma rasmiylari 2021-yil aprel-may oylarida Oʻzbekiston dizaynerlari bilan hamkorlikda moda koʻrgazmasini tashkil etishga tayyorligini bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring