Oʻzbekiston Avstraliya ustidan irodali gʻalabaga erishdi
Bugun, 30-yanvar kuni futzal boʻyicha Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionati musobaqasining 2-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Avstraliya bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 4:2 hisobida Nodir Eliboyev boshqaruvidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 8-daqiqada Yakob Xarb tomonidan ochildi. 1 daqiqa oʻtib ushbu futbolchining oʻzi Avstraliyaning ikkinchi golini kiritdi. 10-daqiqada Anasxon Rahmatov hisobni qisqartirdi. 18-daqiqada Ixtiyor Ropiyev Oʻzbekiston termasining ikkinchi golini kiritdi.
19-daqiqada Ilhom Hamroyev hisobni 3:2 koʻrinishiga olib keldi. Birinchi boʻlim 3:2 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 37-daqiqasida Muzaffar Ahadjonov oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Shu tariqa bahs 4:2 hisobida yakunlandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi uchinchi oʻyinini 1-fevral kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring