“Oʻzbekiston – Armaniston” parlamentlararo doʻstlik guruhi aʼzolarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 15-sentyabr kuni “Oʻzbekiston – Armaniston” parlamentlararo doʻstlik guruhi aʼzolari oʻrtasida onlayn uchrashuvi tashkil etildi.
Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, qonun ijodkorligi faoliyatida oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar mustahkamlanib borayotgani taʼkidlanib, ular mustahkam tarixiy asoslarga ega ekanligi hamda oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida rivojlanayotgani alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik salohiyati yuqori ekanini taʼkidlab, parlamentlararo muloqot orqali bu yoʻnalishlarda qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, taʼlim va turizm sohasida qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish, universitetlar va ilmiy markazlar oʻrtasida akademik aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring