Oʻzbekiston 9 oyda 56 mingdan ortiq yengil avtomobil import qildi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 29 ta davlatdan qiymati 807,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 56 ming 337 dona yengil avtomobil (elektromobillarni qoʻshgan holda) import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning ortda qolgan 9 oyi mobaynida Oʻzbekistonga eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Xitoy – 51 ming 770 dona;
- Koreya Respublikasi – 2 ming 524 dona;
- AQSH – 511 dona;
- Yaponiya – 296 dona;
- Germaniya – 265 dona;
- Gonkong – 249 dona;
- Rossiya – 171 dona;
- Hindiston – 168 dona;
- BAA – 98 dona;
- Avstriya – 63 dona;
- Boshqa davlatlar – 222 dona.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 ming 927 donaga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring