Oʻzbekiston 24 telekanaliga yangi direktor tayinlandi
Madamin Safarov Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Oʻzbekiston 24 telekanali direktori etib tayinlandi. Bu haqda MTRKdagi manba “Xalq soʻzi“ga maʼlumot berdi.
Safarov bungacha “Yoshlar” telekanaliga rahbarlik qilib kelayotgandi. U Ozodbek Nazarbekov oʻz ixtiyoriga koʻra, isteʼfo berganidan soʻng “Yoshlar” telekanaliga direktor etib tayinlangan, bungacha esa “Toshkent” telekanalida rahbar sifatida ishlagandi.
Oʻzbekiston 24 telekanalining avvalgi direktori Nodir Toʻlaganov bundan buyon telekanal bosh muharriri sifatida ishlaydi. Nodir Toʻlaganov telekanalga 2017 yilning 21 avgust kuni rahbar etib tayinlangandi.
“Yoshlar” telekanaliga kim yangi rahbar etib tayinlanishi hozircha nomaʼlum boʻlib qolmoqda.
Maʼlumot uchun: Madamin Safarov 1980 yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring