Oʻzbekiston 2021-yilda Erondan sabzavot va mevalar importini keskin oshirdi

02:26 03 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
1211 0

2021-yilning birinchi uch choragida Eron Oʻzbekistonga 2020-yilning shu davridagi 5,4 million dollarga nisbatan 30,3 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berdi, deb xabar beradi EastFruit.

Importning asosiy oʻsishi sotiladigan kartoshka segmentiga toʻgʻri keldi. Oʻzbekiston 17,6 million dollarga 126,4 ming tonna Eron kartoshkasini import qilgan, biroq avvalgi mavsumlarda Eron kartoshkasi Oʻzbekistonga yetkazib berilmagan edi.

Eron kartoshkadan tashqari Oʻzbekistonga xurmo yetkazib berishni 5,4 barobarga oshirdi. 2021-yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 6,9 ming tonnadan ortiq Eron xurmosi olib kirildi. Belgilangan davrda mamlakatga Eron kivi yetkazib berish ikki barobarga, pista 60 foizga, olma 20 foizga va sarimsoq 2,2 barobarga oshdi.

Bundan tashqari, Erondan Oʻzbekistonga yetkazib berilayotgan meva-sabzavot turlari keskin kengaygani qayd etilgan. 2021-yilda issiqxona qalampiri, tarvuz, issiqxona pomidori, qovoq, yangi salat, sabzi, bodring, baqlajon va hatto mayiz va quritilgan sabzavotlar kabi yangi mahsulotlar ham qoʻshildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistondan Eronga sabzavot va meva yetkazib berilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?