Oʻzbek tili bayrami Samarqandda ham keng nishonlandi
Samarqandda har yili Oʻzbek tili bayrami shahardagi markaziy istirohat bogʻida hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish bilan boshlanadi.
Bu yil ham shu anʼanaga muvofiq mazkur bogʻda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36-yil toʻlishi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi masʼul xodimlari, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va talabalari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Dastlab viloyat hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov yigʻilganlarni Oʻzbek tili bayrami bilan qutladi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻzbek tili millatning gʻururi, tarixiy xotirasi va maʼnaviy poydevori ekanini taʼkidlab, tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi mustahkamlanib, uning nufuzi yildan-yilga ortib borayotganini qayd etishdi.
Alisher Navoiy haykali poyida oʻtkazilgan adabiy-maʼrifiy tadbirda shoirlar va turli millatga mansub talabalar oʻzbek tilida sheʼrlar oʻqidi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring