“Oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasida psixotrop moddalarning yirik partiyasi toʻxtatib qolindi

11:45 02 Fevral 2026 Jamiyat
277 0

DXX Chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.

Mazkur tadbir davomida aniqlanishicha, “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining Fargʻona viloyati Rishton tumani hududidan oʻtuvchi qismini buzib, qoʻshni davlatdan kirib kelgan Uchkoʻprik tumanida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan shaxs qoʻlga olingan.

Ushbu shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonida umumiy bahosi 1 milliard 320 million soʻmni tashkil etuvchi 9 ming 542 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

“Taʼkidlash lozimki, «Zardeks” dori vositasi tarkibida boʻlgan “Pregabalin” moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-sonli qaroriga muvofiq, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan va uning erkin muomalasi cheklangan», — deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер