O‘zbek olimining magnetizm maktabi
Samarqand davlat universitetida “Kondeserlangan holat fizikasining dolzarb muammolari va yangi yuqori texnologiyalar” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
SamDU professori, fizika-matematika fanlari doktori Obloqul Quvondiqovning 85-yillik yubileyiga bag‘ishlangan ushbu nufuzli anjumanda AQSH, Rossiya, Hindiston, Tojikiston kabi davlatlardan o‘ndan ortiq olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Ilmiy anjumanni universitet professori Hakim Xushvaqtov kirish so‘zi bilan ochib, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tabrigini o‘qib eshittirdi.
Nikolay PEROV, Moskva davlat universiteti professori:

— Ma’lumki, nanomagnetizm va nanomagnit materiallar elektronika va spintronika sanoatida asosiy ishchi qismini magnit materiallar tashkil qiladi. Shuning uchun, magnit xossalari kuchli bo‘lgan magnit materiallarni sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy xossalarni tadqiq qilish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan sanaladi.
Samarqand davlat universitetida bu sohada diqqatga sazovor ishlar olib borilayotganiga guvoh bo‘ldik. Xususan, professor Obloqul Quvondiqov rahbarligida magnetolog mutaxassislar tayyorlovchi ilmiy maktab shakllangan. Bu yerda olib borilayotgan tadqiqotlar jahon olimlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Anjumanning ushbu universitetda o‘tkazilishining sababi ham shunda. Moskva davlat universiteti olimlari ham Obloqul Quvondiqov bilan hamkorlikda qator loyihalarga qo‘l urgan. Mazkur jarayon davom etmoqda.
Abduqodir NARZULLOZODA,
Tojikiston davlat pedagogika instituti professori:

— Samarqand davlat universitetida fizika, muhandislik, biokimyo, agrobiotexnologiyalar sohasiga katta e’tibor qaratilgan. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan magnetizm maktabi va tadqiqot markazining borligi meni juda quvontirdi.
Magnetizm bugungi kundagi eng muhim sohalardan biridir. Jahon ilm-fani magnetolog mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Samarqand davlat universiteti bu sohada yetakchilardan hisoblanadi.
Professor Obloqul Quvondiqov rahbarligida olib borilayotgan tadqiqotlar e’tirofga loyiq.
Ahmad ABSANOV,
Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti direktori, dotsent:

— Obloqul Quvondiqovning hayot yo‘li biz uchun ibrat. Ustoz rahbarligida 2 fan doktori, 14 nafar fan nomzodi yetishib chiqqan. Yana 5 nafar tadqiqotchi bilan dissertatsiya ustida ishlamoqda.
Ustoz shogirdlariga nafaqat fizika fanidan, balki odamiylik ilmidan ham saboq beradi. Har kuni bir yangilik qiladi. Olim umrini ilmga bag‘ishladi. Yon-atrofdagilarga ilmni targ‘ib qildi. Fan bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga, maslahatlarini ayamaydi, beminnat yordam ko‘rsatadi. Ustoz biz uchun har tomonlama ibrat maktabidir.
SamDU axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring