Oʻzbek olimi xalqaro patent sohibi boʻldi
Yaqinda Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk Federal xizmatidan (Rospatent) xushxabar keldi. Oʻzbekiston milliy universitetining professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Axtamovich Amonov (Omonov)ga Xalqaro patent berildi. Olimning “Oʻtish davrida jamiyatni modernizatsiyalash krizislari” nomli fanga kiritgan ilmiy tushunchasi eʼtirof etilib, xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritildi.
Maʼlumotlar bazasi quyidagi oʻzaro bogʻliq tushunchalar toʻplamidan tashkil topadi: Oʻtish davri bosqichlari. Inqiroz paydo boʻlish shartlari. Inqiroz turi. Inqirozdan chiqish yoʻllari. Jamiyatni modernizatsiyalash, isloh etish va yangilashda yuzaga keladigan inqirozlar har bir holatining uning vujudga kelish davri, sabablari va undan samarali chiqish yoʻllari doirasida belgilanib oʻrganiladi.
“Oʻtish davrida jamiyatni modernizatsiyalash krizislari” nomli tushuncha va ilmiy yangilik uzoq yillik tadqiqotlarga suyanib, xorij va mintaqamizda eʼlon qilingan ilmiy adabiyotlar hamda amaliy tajribalarni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan. Tahlillarga muvofiq, dunyoning xohlagan mamlakatida modernizatsiyalash davrida inqirozlar yuz berishida siyosiy institutlar, iqtisodiy muammolar, korrupsiyaning kuchayishi, qashshoqlanish, byurokratiya, qarindosh-urugʻchilik, ishsizlik, siyosiy beqarorlik, dinning siyosiylashuvi kabi obyektiv va subyektiv omillarning oʻrin egallashi asoslab berilgan. Barcha maʼlumotlar oʻtish davri bosqichlariga mos ravishda tizimga solingan va izchil taqdim etilgan.
Professor Baxtiyor Amonov fanga kiritgan maʼlumotlar bazasidan talabalar, tadqiqotchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, shuningdek, rivojlanish yoʻliga oʻtib olgan yosh davlatlar oʻzlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida foydalanishi mumkin. Ilmiy yangilik sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring