Oʻzaro manfaatli hamkorlik
Gʻ.Otajonov/“Xalq soʻzi”. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.
Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida ham boʻlib, soha masʼullari bilan loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qildi.

Qoraqalpogʻistondagi “Suyenli” kanalining 96,6 km qismi va “Parallel” kanalining 36,0 km qismini beton qoplamasi bilan qoplanadi. “Suyenli” kanalining bosh suv olish inshooti hamda 196 dona gidrotexnik inshootlari qayta tiklanadi. Suvning hisobini yuritish uchun SCADA (suvni monitoringi va boshqaruvi) tizimini joriy qilinadi. Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan 209,2 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlariga kafolatli suv yetkazib beriladi. Shuningdek kanallarning foydali ish koeffitsiyentini oʻrtacha 15-30 foizga qadar oshiriladi. Suv xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan koʻplab xodimlarning malakasi oshiriladi.

Maʼlumot uchun: “Suyenli” magistral kanalini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha tayyorlanayotgan dastlabki texnik-iqtisodiy asosga koʻra, loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlarida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring