Oʻzaro manfaatli hamkorlik

18:21 26 Iyun 2024 Jamiyat
194 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimi Turkiyaning “Oghma international eğitim” hamda “Türkiye Dental ve Tahwil Health Tour” kompaniyasi rahbarlaridan iborat tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda kasbiy va professional taʼlim hamda tibbiyot sohasida hayotga tatbiq etilishi koʻzda tutilayotgan loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi.

“Oghma international eğitim” kompaniyasi rahbari Emre Erbay viloyatdagi kasb–hunar maktablarini maʼlum bir sohaga ixtisoslashtirish, oʻqitish jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini keng joriy etish, zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash hamda bitiruvchilarni yirik sanoat korxonalari va xorijga ishga joylashtirishga qaratilgan loyiha taqdimotini oʻtkazdi.

“Türkiye Dental ve Tahwil Health Tour” kompaniyasi vakili Murat Sezgun zamonaviy stomatologiya klinikasini tashkil etish, stomatologiya muassasalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va shu orqali tibbiyot turizmini rivojlantirish borasida hamkorlikka tayyorligini maʼlum qildi.

Turkiyalik qardoshlar tashabbusini yuqori baholagan viloyat hokimi har bir loyiha ijrosi boʻyicha amaliy ishga kirishish muhimligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер