Ozarbayjonda “Oʻzbekiston madaniyat kunlari” oʻtkaziladi
Ozarbayjon poytaxti — Boku shahrida 1-4-avgust kunlari “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtadi.
Ushbu tadbir ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar doirasida uyushtirilmoqda.
“Oʻzbekiston madaniyati kunlari” dasturidan oʻzbekistonlik taniqli sanʼatkorlar ishtirokida katta konsert, Ozarbayjon Milliy kutubxonasi binosida tashkil etilgan “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” burchagining ochilish marosimi, oʻzbek romanchiligining asoschisi — Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Oʻtkan kunlar” asarining ozarbayjon tilidagi nashri taqdimoti, milliy oshpazlik va hunarmandchilik koʻrgazmalari, mamlakatimiz teatr jamoalari ishtirokidagi spektakllar namoyishi oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring