Ozarbayjonda Navoiy va Boburning tavallud kunlarini keng nishonlashga doir reja va gʻoyalar yuzasidan fikr almashildi
Muloqot chogʻida A.Ulvi oʻzbek adabiyotiga yuksak hurmat va qiziqish koʻrsatishi hamda qardosh Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalqlari oʻrtasidagi adabiy aloqalarning yanada rivojlanishiga hissa qoʻshishda davom etayotganidan mamnun ekanligini qayd etdi.
U mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi tashabbusi bilan 2022-yilda Oʻzbekistonda yubileylari nishonlangan 13 ta atoqli oʻzbek shoir va yozuvchilari haqida “Ədəbi portretlər” nomli maqolalar va ularning ijodlaridan namunalar toʻplamini hamda “Yeni əlifba yollarında əski xatirə və duyğularım” (oʻzbek-ozarbayjon tilshunosi, turkolog Xalid-Said Xodjayevning “Yangi alifbo bilan ishlash yoʻlidagi xotira va hissiyotlarim”) nomli kitobni elchixonaga tuhfa etdi.
Suhbat davomida 2023-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi, shu jumladan, fevral oyida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlarini keng nishonlash boʻyicha reja va gʻoyalar oʻrtoqlashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring