Otning oʻlimi — itning bayrami — Kusherbayev yogʻ narxining oshib ketishi haqida
Oxirgi oylarda oʻsimlik yogʻining oshib ketishi kuzatilmoqda.
Bunga sabab sifatida asosan kungaboqar urugʻlari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bogʻliq tashqi muhit taʼsir koʻrsatganligi bildirildi.
Biroq unda paxta yogʻi nimaga oshib ketyapti, degan savol koʻndalang turgandi.
Maʼlum boʻlishicha, paxta yogʻi narxining oshishiga ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo boʻlgan texnik chigitning birja savdolaridagi boshlangʻich narxlarining asossiz oshirib qoʻyilishi ham taʼsir etgan.
Jumladan, 2021-yil aprel oyi davomida 40 ta paxta-toʻqimachilik klasteri vaziyatdan foydalanib, 1 tonna texnik chigitni birja savdolariga 4-4,5 mln soʻmdan boshlangʻich narxlarda qoʻyishgan va narx birinchi chorakka nisbatan oʻrtacha 38 foizga oshirilgan.
Boshlangʻich narxlar oshganligi sababli, ularning sotilish narxlari ham oshgan va oʻrtacha 4,5-5 mln soʻm atrofida shakllangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrilgan tadbirlar jarayonida birja savdolarida texnik chigitning boshlangʻich narxlarini kelishib, sunʼiy oshirish kabi holatlar mavjudligi hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan 34 ta paxta-toʻqimachilik klasteriga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.
Natijada, joriy yil may oyining 10-12 kunlarida paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan boshlangʻich narxlar tushirilib, sotish narxlari oʻrtacha 3,4 mln soʻm atrofida shakllandi, bunda chigitning boshlangʻich narxi 39 foizga sotish narxi 31 foizga pasaydi.
Shuningdek, Qoʻmita tomonidan sunʼiy tanqislik yuzaga keltirilishini oldini olish maqsadida birja savdolarida bir xaridor olishi mumkin boʻlgan kunlik maksimal hajm 3 tonna miqdorida belgilanibdi.
Oʻsimlik yogʻi oshib borishidan foydalanib, qoʻshimcha daromad qilib olishni koʻzlagan janob klasterchilarni qilgan oʻyini yaxshimas.
Otning oʻlimi itning bayrami, deb shunga aytsa kerak.
Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring