Oʻtgan vaqt davomida u ham oʻrgandi, tajriba toʻpladi — Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov haqida
Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Prezident Toshkent shahri hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Boʻronovich Umurzoqov nomzodini tavsiya etdi.
Shahar hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Davlatimiz rahbari xalq vakillari bildirgan bu yuksak ishonch yangi hokimdan katta masʼuliyat, tinimsiz mehnat va fidoyilikni talab qilishini taʼkidladi.
Yangi hokim oʻz oʻrinbosarlari, tuman hokimlari, sektor va bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan poytaxt aholisi uchun munosib sharoit yaratish, investitsiya olib kelib, yangi-yangi yuqori daromadli ish oʻrinlarini koʻpaytirish, shaharni yanada obod qilish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar rozi boʻlishi uchun yangicha yondashuv asosida katta marralarni olib, qattiq ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlangan Shavkat Boʻronovich Umrzoqov haqida shunday taʼkidladi:
“…Toshkentga hokim qoʻyish oson emas. 1 yil oldin Shavkat Boʻronovich Umrzoqovga ishonch bildirgandik. Oʻtgan vaqt davomida u ham oʻrgandi, tajriba toʻpladi. Mahallalarni rivojlantirish uchun faqat byudjetga tayanmay, qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga sola bilyapti. Oʻylaymanki, azim poytaxtimizning biri ikki boʻlishiga harakat qiladi.”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring