Otabek Umarov xalqaro tashkilot rahbariga aylandi
Arxiv surat
Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan Oʻrta Osiyo MMA konfederatsiyasi prezidenti etib tayinlandi.
Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilishicha, Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.
“9-fevral kuni Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi kengashining yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Oʻrta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov, vitse-prezident lavozimlariga esa Iskander Karim va Valixan Ten tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Anjuman yakunida Qozogʻistonda birinchi marta Aralash yakkakurash boʻyicha Osiyo chempionati 2020-yilning iyun oyida oʻtkazilishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning noyabrida Oʻzbekistonda Aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan, Otabek Umarov esa assotsiatsiya prezidenti etib saylangandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston prezidentining ikkinchi kuyovi boʻlgan Otabek Umarov 2019-yil martidan buyon Triatlon federatsiyasi raisi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring