Oʻsmirlik davrida qanday sport turi bilan shugʻullanish tavsiya etiladi?
Ushbu savolga Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻlim boshligʻi Barno Odilova javob berdi.
— Oʻsmirlik davrida bolalarga asab tizimidagi qoʻzgʻalishlar koʻpincha salbiy taʼsir eta boshlaydi, — deydi mutaxassis. — Shu bois bu davrda ularni sokin sport turlariga jalb qilish kerak. Xususan, 12-18 yoshli qizlarga aerobika, oʻgʻil bolalarga yengil atletika bilan shugʻullanish tavsiya etiladi.
Bu oʻsmirga ichki xotirjamlik bagʻishlab, “oʻtish davri”ni yengillashtiradi. Asab tizimida roʻy beradigan stresslarga chidamlilikni oshiradi, ortiqcha hissiyotlarga berilmaslikka oʻrgatadi.
Boʻyi oʻsmayotgan bolalarga birinchi galda koʻp miqdorda mikroelement va vitaminlarga boy ovqat isteʼmol qilish, qolaversa, suzish, turnikda tortilish, yugurish, futbol bilan muntazam shugʻullanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, haftada ikki marotaba ilik shoʻrva isteʼmol qilish uning mushaklari rivojlanishi, suyaklari mustahkam boʻlishi va boʻy oʻsishiga ijobiy taʼsir etadi.
Ota-ona farzandini biror sport toʻgaragiga bermagan taqdirda ham uning sogʻlom voyaga yetishi uchun har kungi badantarbiya mashgʻulotlarini toʻxtatmasligini nazorat qilishi lozim. Tonggi mashqlar yosh organizmni chiniqtirib, qon aylanishini yaxshilaydi, kayfiyatni koʻtarib, kun davomida tetiklikni taʼminlaydi.
Qaysi sport turi boʻlmasin, bolani 5-6 yoshidan jalb etish — toʻgʻri qaror. Masalan, shaxmat va shashka mashgʻulotlarini ham shu yoshdan boshlagan maʼqul. Sababi, bu yoshgacha aksariyat bolalarda bir joyda oʻtirolmaslik, asab tizimining qoʻzgʻaluvchanligi yuqori boʻladi.
7 yoshdan keyin esa unda diqqatni jamlash qobiliyati ortadi, bir joyda muqim oʻtiradi. Shunga qaramay, bolani aqliy sport oʻyinlariga berishdan oldin uning xotirasini hisobga olish kerak.
Boksga 6 yoshdan qabul qilinadi. Sababi, ayni shu davrda bolaning suyak va mushaklari hali qotib ulgurmagan boʻlib, boks harakatlarini osonlik bilan bajaradi. Bu yoshgacha va undan keyin boks mashgʻulotlariga kirishish va ushbu sport turida biror natijaga erishish qiyinroq kechadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring