Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj

Foto: «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston delegatsiyasi XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi. “Pochin” akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi. Hamyurtlarimiz murosasiz kechgan final dasturida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va kumush medalini qo‘lga kiritishdi. Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi kumush medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali esa Indoneziyaga nasib etdi.
Delegatsiyamiz Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi kumush medalini M2- dasturida qatnashgan akademik eshkak eshuvchilarimiz Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev olib keldi. Ular marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdi. Ushbu dasturda oltin medal Gonkong, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.
Bugun shuningdek, dzyudo va qilichbozlik musobaqalarida ham hamyurtlarimiz ishtirok etishmoqda. Dzyudo bahslarida medallar uchun o‘zbekistonlik sportchilar asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi.
Xitoyda bo‘lib turgan "Xalq so‘zi" muxbiri kunning birinchi yarmida kuzatilgan yorqin holatlardan fotoreportaj tayyorladi.
Foto: «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring