Osiyo oʻyinlariga jalb etilmagan tarkib 24 — 26-oktyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga hozirlik koʻrmoqda
Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarib, oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Osiyo oʻyinlariga jalb etilmagan tarkib 24-26-oktyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga hozirlik koʻrmoqda. Asosiy tarkib vakillarining tayyorgarligi esa 2-3-dekabr sanalariga belgilangan Tokio “Katta dubulgʻa” musobaqasiga qaratilgan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadisning soʻzlariga koʻra, har ikki jamoa reja asosida mashgʻulotlarni olib boryapti. BAA va Yaponiya turnirlari joriy yil taqvimidan oʻrin olgan soʻnggi startlar hisoblanadi.
Shu bois, ularda jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun maksimal darajada reyting ochkolarini jamgʻarish talab etiladi. Mashq jarayonida yangi kombinatsiyalar ustida ishlanib, dzyudochilarimizning texnik harakatlari yanada sayqal olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring