Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan kasaba uyushma sportchilarini taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi

22:19 14 Oktyabr 2023 Sport
646 0

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan XIX Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, yorqin gʻalabalarni qoʻlga kiritgan kasaba uyushma sportchilari va ularning murabbiylarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Maʼlumki, Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan XIX Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medalga sazovor boʻlib, 45 ta mamlakat orasida faxrli beshinchi oʻrinni egalladi.

Vatanimiz sharafini ulugʻlab, uni dunyoga tanitishga hissa qoʻshgan sportchilar safida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari sportchilarining ham borligi quvonarlidir. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari sportchilari XIX Osiyo oʻyinlarida erishilgan yorqin gʻalabalarga munosib hissa qoʻshib, yurtimizga medallar shodasi bilan qaytdilar.

Taʼkidlash oʻrinliki, XIX Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari orasidan saralab olingan 23 nafar kasaba uyushma sportchisi ishtirok etib, umumiy hisobda 6 ta oltin, 7 ta kumush, 3 ta bronza, jami 16 ta medalni qoʻlga kiritdilar.

Kasaba uyushma sportchilari, xususan, sportning akademik eshkak eshish, kanoeda eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, ogʻir atletika, yengil atletika, bosqon uloqtirish turlari boʻyicha oʻz mahorati, tajriba va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Tadbirda XIX Osiyo oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan 16 nafar kasaba uyushma sportchisi hamda ularning 17 nafar murabbiysi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер