Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish uchun 225 million yevro ajratishini eʼlon qildi.
“A” kategoriyasiga kiruvchi mazkur loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan boʻlib, shu yil 17-may sanasida soʻnggi baholash ishlari olib borilgandi.
Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.
Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad esa Oʻzbekiston Respublikasi energetika sektorini karbonsizlashtirish strategiyasiga muvofiq, yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdan iboratdir.
Shuningdek, Islom taraqqiyot banki ham ayni shu maqsadlar uchun 100 million yevro miqdorida mablagʻ ajratmoqda.
Ahamiyatlisi shundaki, bu investitsiyalar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga davlatning hech bir kafolatisiz yoʻnaltirilishi moʻljallangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring