Osiyo chempionatining birinchi kunini uch polvonimiz sovrindor boʻldi

22:56 19 Aprel 2022 Sport
854 0

Foto: Миллий олимпия қўмитаси Матбуот хизмати

Moʻgʻuliston poytaxtida sport kurashlari boʻyicha qitʼa birinchiligining dastlabki kun bellashuvlarida uch nafar polvonimiz shohsupaga koʻtarildi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati xabariga koʻra, -87 kg vazn toifasining finalida Jalgasbay Berdimuratov eronlik Nosir Alizoda bilan murosasiz bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda eronlik kurashchi 3:1 hisobida ustun keldi va Berdimuratov kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bronza medali uchun gilamga chiqqan Moʻminjon Abdullayev (-130 kg) va Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) oʻz raqiblarini magʻlub etib, shohsupaga koʻtarilishdi.

Gʻoliblikka asosiy daʼvogarlardan sanalgan Islom Bahromov (-63 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichida, Aram Vardanyan (-77) esa dastlabki davrada imkoniyatni boy berib, ushbu musobaqadagi ishtiroklarini yakunladilar.

Shu tariqa, qitʼa birinchiligining birinchi kunida terma jamoamiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?