Oʻsimliklardan tayyorlangan tabiiy parchalanadigan plastik yaratildi
Foto: “Getty Images”
Rossiyadagi Tula davlat universiteti (TulDU) olimlari tabiiy ravishda parchalanadigan yangi turdagi polimerni yaratdi. Bu haqda “Journal of Polymers and the Environment” jurnalida eʼlon qilingan maqolada maʼlum qilindi.
Hozirda maishiy va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan koʻpgina oʻramalar neft mahsulotlariga asoslangan polimerlardan tayyorlanadi. Ammo olimlar foydali qazilmalar zaxirasi kamayib borayotgani sababli insoniyat kelasi asrda xomashyo yetishmovchiligi bilan toʻqnashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Tula universiteti mutaxassislari esa yogʻoch biomassasi va qishloq xoʻjaligi chiqindilaridan yangi turdagi biopolimerni ishlab chiqdi. U 300 darajagacha boʻlgan haroratga chidamli boʻlib, tabiatda mikroplastik qoldirmasdan parchalanish qobiliyatiga ega.
TulDU laboratoriyasi mudiri Bogdan Karlinskiyning taʼkidlashicha, polimer “klik-kimyo” usuli orqali yaratilgan boʻlib, bu yoʻnalish Nobel mukofoti bilan eʼtirof etilgan zamonaviy organik sintez usuli hisoblanadi. Uning fikricha, bunday tadqiqotlar kelajakda uglerod neytralligiga erishish va qayta tiklanmaydigan resurslar tanqisligi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ekologik inqirozlarni oldini olishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring