Oshqozon saratonini erta bosqichda aniqlashning samarali usuli topildi

13:48 22 Noyabr 2023 Dunyo
248 0

Oshqozon saratoni dunyoda onkologik xastaliklardan oʻlim sabablari orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Yer yuzi boʻyicha yiliga 1 milliondan ziyod kishi ushbu kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumayotgani buning tasdigʻi.

Mutaxassislar xulosasiga koʻra, muammoning eng asosiy omili kasallik sezilarli alomatlarsiz paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Shu bois unga odatda ancha keng bosqichda tashxis qoʻyiladi.

Yaponiyaning Nagoya universiteti olimlari izlanishlari endi bu muammoga yechim boʻlishi mumkin. Negaki, ular oshqozon saratonini qondagi SDF4 oqsili yordamida aniqlash mumkinligini isbotladi.

Mazkur oson, arzon va tezkor diagnostika usuli orqali xastalikka hatto dastlabki bosqichlarida ham deyarli 90 foiz aniqlikda tashxis qoʻysa boʻladi.

Shu maqsadda oʻtkazilgan tadqiqotga 80 nafar sogʻlom inson va saratondan aziyat chekayotgan 582 nafar bemor jalb qilindi.

Sinovlar jarayonida SDF4 oqsili darajasi oshqozon oʻsmasiga chalingan bemorlar qoni tarkibida yuqori boʻlishi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер