O‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston Malayziyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Malayziya terma jamoasini 5: 1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinda Dostonbek Hamdamov raqib darvozasiga ikki bor gol kiritdi. Shuningdek, terma jamoasi ilk bor jalb etilgan Husain Norchayev ham debyut o‘yinida gol muallifiga aylandi. Raqib darvozasigi kiritilgan yana ikki golga Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Azizbek Amonov mualliflik qildi. Bu Ibrohimhalil va Azizbekning terma jamoadagi ilk gollari hisoblanadi. Dostonbek Hamdamov esa terma jamoa libosida ilk dublini rasmiylashtirib qo‘ydi.
Mazkur bahsda 4 futbolchi — AGMK posboni Valijon Rahimov, “Nasaf” vakillari Dilshod Saitov va Husayn Norchayev, BATE vingeri Shohboz Umarov milliy jamoamizda debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
O‘zbekiston — Malayziya - 5: 1 (3: 1)
Gollar: Hamdamov, 17; Hamdamov, 29; Norchayev, 33; Yo‘ldoshev, 68; Amonov, 87 - Baxtiyor, 45 + 1.
Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi navbatda futbolchilarimni ushbu g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Shuni taʼkidlab o‘tish kerakki, ular raqibning va uchrashuvning maqomiga qaramasdan, o‘yinni juddiy qabul qilishdi. Aynan shu sababli ham, ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Futbolchilarimiz bellashuv tempini ham yaxshi ushlab turishdi.
Bugun biz jamoa sifatida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Shu sababli ham, qaysidir futbolchini alohida ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, yoshlarimiz o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishganini ham aytib o‘tish lozim.
Muxlislarga o‘yin oson o‘tgandek tuyilishi mumkin. Aslida esa, uchrashuv juda qiyin kechdi. Sababi, jamoamiz 90 daqiqa davomida pressing amalga oshirdi, xushyor o‘ynashga harakat qildi. Maydon markazidagi to‘p uchun kurashlarni ko‘pini yutib chiqdik”, dedi Srechno Katanes.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring