Ortiqcha soliq toʻlovlarini hisoblashning yangi tizimi — qanday tizim? — dolzarb savollarga aniq javoblar

AOKA zalida Davlat soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Muzaffar Nazarov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:
Savol: Ortiqcha soliq toʻlovlarini hisoblashning yangi tizimi — qanday tizim?
Javob: Ortiqcha soliq toʻlovlarini boshqa turdagi soliq qarzlariga singdirish amaliyoti soddalashtirildi.
Eski tizimdagi 8️ bosqichli jarayonda tadbirkorlik subyektlarining 1️0 kundan ortiq vaqti sarflangan.
2020-yil 1-oktyabrdan mutlaqo yangicha tizim ishga tushirildi:
Yangi tizim quyidagi afzalliklarga ega:
— eski tizimdagi 8 bosqich oʻrniga soddalashtirilgan uch bosqichli bir ish kunida amalga oshiriladigan yangi tizim yaratildi;
— jarayon toʻliq avtomatlashtirilib, inson omili ishtiroki cheklanishi oqibatida korrupsion muhitni bartaraf etish imkoni yaratildi;
— soliq toʻlovchi uyidan yoki ofisidan chiqmagan holda shaxsiy kabinet orqali soliqlardan mavjud ortiqcha toʻlov summasini, boshqa soliq turidagi qarzdorligiga hisobga olishni belgilab berish imkoni yaratildi;
— soliq organida soliq toʻlovchi tomonidan belgilab berilgan soliqlardan mavjud ortiqcha toʻlov summasini boshqa soliq turidagi qarzdorligiga hisobga olish toʻgʻrisida xulosa (qaror) avtomatik ravishda shu kunning oʻzida shakllanadi;
— shakllangan xulosa (qaror) kelib tushgan kundan kechikmasdan soliq organi tomonidan imzolanadi;
— soliq organi xulosasi imzolangan zahoti avtomatik ravishda elektron tarzda ijro uchun Gʻaznachilik idoralariga yuboriladi;
— mazkur jarayonni real vaqt rejimida kuzatib borish, nazorat qilish hamda monitoringini olib borish imkoni yaratildi;
— elektron xulosa (qaror) rasmiylashtirilgan kunning oʻzida hisobga olinishi belgilangan ortiqcha toʻlov miqdorida soliq qarziga nisbatan Soliq kodeksining 110-moddasi talablariga muvofiq, penya hisoblanishi toʻxtatiladi.
Savol: Oʻzim yashaydigan xususiy uydan dorixona ochmoqchi edim. Litsenziya olishim uchun noturar joy degan kadastr hujjati boʻlishi kerak ekan. Mening hujjatim esa turar joyga moʻljallangan. Qanday qilsam boʻladi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga asosan farmatsevtika faoliyati xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilmagan.
Shu sababli siz Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida “Davlat xizmatlari markazi”da yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
Bu soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olish uchun asos boʻladi va avtomatik ravishda roʻyxatga qoʻyiladi. Turar joyni noturar joyga oʻtkazish ham ushbu markazda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi:
1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashni nazarda tutuvchi maxsus soliq rejimida;
1 mlrd soʻmdan oshgan taqdirda, soliq solish rejimining umumiy tartibida soliqlarni toʻlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring