Oʻrtachoʻl paxtazorlarida yangi avlod paxta terish mashinalari

Qiziltepa tumanining Oʻrtachoʻl hududi oʻtgan asrning yetmishinchi yillarida oʻzlashtirilgan. Qoʻshni hududlardan sarguzashttalab “choʻlquvar”lar safarbar etilib, katta miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Lekin Oʻrtachoʻl hududidagi paxtachilik doim tumanimizni ortga tortib kelardi, — deya xotirlaydi uzoq yillar tuman hokimi lavozimida ishlagan Shabon Nabiyev. — Buning asosiy sabablaridan biri mulkchilik shaklining mavhumligi boʻlsa, ikkinchidan turli hududlardan kelgan kishilarning “toʻrt-besh yil ishlab qaytamizda” degan omonat shijoati ham oʻz taʼsirini oʻtkazardi.
Bugun Oʻrtachoʻlda yer va mehnatga munosabat butunlay boshqacha. Natijada paxta va gʻallada hosildorlik ikki yarim karragacha oshirildi. Misol uchun “Valiobod” fermer xoʻjaligi rahbari Raʼno Valiyeva Oʻrtachoʻlda 30 gektardan oshiq yerda paxta yetishtirib, har yili 100 tonnadan ortiq paxta xom-ashyosini taroziga qoʻyadi. Muhimi, paxta yigʻim-terimining yurakni bezillatadigan tashvishlari ortda qolgan.
Hududda mavsumga start berilarkan, uni uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan seminarda viloyat hokimi 15 nafar fermerga paxta terish mashinalari topshirdi. Tadbirda yetishtirilgan hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay yigʻishtirib olish, soʻnggi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Temur ESHBOYEV
«Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring