Oʻrta chirchiqlik chempion
Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Yangilik” mahallasida yashovchi Aytjan Xolmaxanov 2010-yildan buyon Vohid Temirov murabbiyligida yunon-rum sport turi bilan muntazam shugʻullanib keladi. U “Xalqaro toifadagi sport ustasi” maqomiga erishgan, 2018-yilidan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi.
Oʻzbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan bu sportchi oʻz vazn toifasida endilikda xalqaro musobaqalarda ham gʻoliblik nashidasini surib kelmoqda. 2022-yil Italiyada 17 yoshli oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida 1-oʻrinni egallagani eʼtirofga molik.

Aytjan shu yil bahorda Iordaniyada kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikka erishdi. Bolgariyaning Samokov shahrida 17-24-avgust kunlari yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida vakilimiz barcha raqiblardan ustun kelib, 1-oʻrinni egalladi.
Oʻrta chirchiqlik chempion yigit shu kunlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida oʻtkaziladigan navbatdagi jahon chempionatiga yoʻl oladi. Aytjan Xolmaxanov 63 kg vazn toifasida maydonga tushib, jahon chempionati gʻolibligi uchun kurashadi.
Otabek ISROILOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring