Orolboʻyida bayram tantanalari davom etmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Nukus shahridagi amfiteatrda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tantanasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orыnbayev kirish soʻz bilan ochdi va xalqimizni eng qutlugʻ bayram bilan samimiy qutladi.
Joʻqorgʻi Kenges Raisi tabrik soʻzida barcha jabhada yuz berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar, xalqimiz manfaati yoʻlida qilinayotgan keng qamrovli ishlar xususida toʻxtalib, Prezidentimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish sohasida belgilab berilgan vazifalarga urgʻu berdi.
Xususan, endilikda ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarga koʻmir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat va boshqa zarurat uchun 600 ming soʻmdan bir martalik yordam puli ajratiladi. Shuningdek, 15-sentyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi boʻlgan shaxslarga temir yoʻl va avia bilet sotib olish uchun 50 foiz chegirmalar tiklanadi.

2025-yilgacha qoʻshilgan soligʻi boʻyicha rejadan ortib bajarilgan tushumlar Qoraqalpogʻistonning byudjetida qoldiriladi.
Bayramda sanʼatkorlarning doʻstlik, millatlararo totuvlik, milliy anʼanalarni, vatanparvarlik va tinchlikni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Nukus shahri va Orolboʻyidagi olis ovullarda bayram tantanalari davom etmoqda.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring