Oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning oʻrni beqiyos.
Endi, xorijiy tillardan “S1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.
Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.
Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda asosiy kuch, albatta, yoshlar ekani taʼkidlandi.
“Bir million dasturchi” loyihasiga qoʻshimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sunʼiy intellekt yordamida yoshlar uchun oʻzbek tilida taʼlim olish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi.
Bu yil “Muhammad Xorazmiy vorislari“ loyihasi Qoraqalpogʻistonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Birlashgan Arab Amirliklari bilan Oʻzbekistonda “Bir million sunʼiy intellekt foydalanuvchilari“ loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi.
Oʻtgan yili 25 ming nafar qizlar IT boʻyicha bepul oʻqitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi.
Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi taʼkidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring