Oʻqchida yangilangan poliklinika foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston tumanining Oʻqchi qishlogʻi markazdan 15 chaqirim uzoqda joylashgan. Qishloq ahli asosan bogʻdorchilik bilan shugʻullanib, Fargʻona vodiysida shirin-shakar mevalari bilan tanilgan.

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Oʻqchidagi 74-sonli oilaviy poliklinika investitsiya dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Kunlik 100 qatnovga moʻljallangan poliklinikaning qurilish-taʼmirlash ishlariga 2 milliard 463 million soʻm mablagʻ sarflandi. Yangi va soʻnggi rusumdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi. Shu tariqa tibbiyot muassasasida hududdagi 3 ta mahallada yashovchi 12 ming nafardan ziyod aholiga zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

— Oʻqchiliklar roʻzgʻor yumushlaridan ortib, sogʻligiga eʼtibor qaratishga vaqt topolmaydi, — deydi oilaviy poliklinika mudiri Abliyor Maxsitov. — Patronaj hamshiralari aholini xonadonlari, bogʻlariga borib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi. Bundan buyon oʻrganishlar asosida shakllantirilgan kasalliklar guruhi boʻyicha har bir oila, bemor bilan alohida ishlaymiz. Haftaning maʼlum bir kuni shifokorlarning qabul kuni sifatida belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring