Ommaviy deportatsiya: Tramp AQSHda tugʻilgan migrant bolalariga fuqarolik berishni toʻxtatmoqchi

11:41 10 Dekabr 2024 Dunyo
345 0

Donald Tramp saylov oldidan bergan vaʼdalarini bajarishni boshladi. U Kristen Uelkerga bergan intervyusida noqonuniy boʻlgan barchani deportatsiya qilishdan boshqa tanlov yoʻqligini aytgan.

Tramp shuningdek, Konstitutsiyaning 14-tuzatishida uzoq vaqtdan beri mustahkamlab qoʻyilgan tugʻma fuqarolikni tugatmoqchi.

Bu rejaga qarshilar ham bor. Ular qonun oʻzgarishi konstitutsiyaga zid boʻlishi mumkin deb hisoblaydi. Chunki AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatish mamlakat hududida tugʻilgan barcha shaxslarga fuqarolik huquqini berishni nazarda tutadi.

Mutaxassislar fikriga koʻra, tegishli huquqni bekor qilish nafaqat prezident farmonini, balki Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishni ham oʻz ichiga olgan murakkab huquqiy va qonunchilik dalillarini talab etadi.

Bu harakatlar Tramp prezidentlik kompaniyasining asosiy vaʼdasi boʻlgan ommaviy deportatsiya rejasi ishlay boshlaganidan darak beradi. Uning ilk bosqichi jinoyat sodir etgan, hujjatsiz muhojirlarni qamrab oladi. Keyinchalik deportatsiya koʻlami kengayib boradi.

“Biz jinoyatchilarni mamlakatimizdan chiqarib yuborishimiz kerak“, — degan AQSH prezidenti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?