“Omikron”ning JN.1 variantiga xos yangi alomatlar maʼlum boʻldi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan “xavotirli mutatsiya” sifatida kuzatuv ostiga olingan “omikron” shtammining JN.1 subversiyasi hozir dunyo boʻylab tez surʼatda tarqalmoqda.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari maʼlumotiga koʻra, bu variantni yuqtirish holatlari, ayniqsa, Qoʻshma Shtatlar, Islandiya, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniyada sezilarli darajada koʻpaygan.
Oʻrganishlarga koʻra, yaqin vaqtgacha JN.1 bilan xastalangan bemorlar asosan burun oqishi, holsizlik, yoʻtal va bosh ogʻrigʻidan aziyat chekib kelayotgan edi.
Xususan, ushbu simptomlar orasida eng koʻp tarqalgani burun oqishi boʻlib, u kasallikka xos belgilarning 31 foizini tashkil etadi. 23 foiz holatda yoʻtal, 20 foiz holatda bosh ogʻrigʻi kuzatilmoqda. Shuningdek, 20 foiz bemorlarda zaiflik va charchoq, 16 foizida esa mushaklarda ogʻriq qayd etilyapti.
Buyuk Britaniya olimlari JN.1 varianti aniqlangan kishilarda endi koronavirusga xos boʻlmagan ikki yangi alomat — uyqusizlik va bezovtalik kuzatilayotganini maʼlum qildi.
Mutaxassislar fikricha, bu kabi kamyob simptomlar koʻpayishi virusning odamlar immunitet tizimiga “chap berish” xususiyati oshib borayotganini anglatadi.
Shunga qaramay, JSST hozircha bu shtamm Yer yuzi aholisi salomatligiga global darajada xavf tugʻdirayotgani yoʻq, degan xulosada. Faqat JN.1 qish mavsumi davom etayotgan Shimoliy yarim sharda kasallanish koʻrsatkichlari oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring