Ombudsmanning 2023-yildagi faoliyati Qoʻmita majlisida muhokama qilindi
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 26-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.
Unda senatorlar, vazirlik va idoralar masʼullari, ekspertlar, shuningdek mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari aʼzolari hamda Yoshlar parlamenti vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Ombudsman nomiga 2023-yilda 18622 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 6487 tasi yoki 40,7 foizi xotin-qizlardan, 9473 ta yoki 59,3 foizi erkaklardan kelgan.
Muhokamalar jarayonida senatorlar yoshlar va bolalar huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinganiga alohida eʼtibor qaratdi.

Jumladan, Ombudsmanning tashkilotlarga qilgan murojaatlari natijasida 5 nafar talabaning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun 24 mln soʻmlik kontrakt pullari toʻlanishida, 3 nafar voyaga yetmagan bolalarning maktabga qabul qilinishida hamda 2 nafar maktab oʻqituvchilari dars yuklamasining tiklanishida, 2 nafar talabaga OTMga qarashli yotoqxonadan joy ajratilishida koʻmaklashilgan.
Shuningdek, 30 nafar fuqaroning tibbiy koʻrikdan oʻtishida va 17 nafarining davolanishi uchun yoʻllanma berilishida, 1 nafarining “Saxovat” uyiga joylashtirilishida, 5 nafari nogironlik aravachasi hamda 2 nafari bilak protezi bilan taʼminlanishida, 2 nafariga nogironlik nafaqasi va 1 nafariga nogironlik guruhi belgilanishida yordam koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, 20 nafar fuqaroning “ayollar daftari”ga kiritilishida, 3 nafar xotin-qizga “himoya orderi” berilishida, 2 nafar fuqaroning yoshlar daftariga kiritilishida koʻmaklashilgan.
Muhokamalar davomida senatorlar tomonidan Ombudsmanning keyingi faoliyatlarida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar taʼkidlandi.
Jumladan, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirish, havoning ifloslantirilishi yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni alohida nazoratga olish va taʼsirchan choralar koʻrish, Ombudsmanga murojaat qilishning tez va qulay imkoniyatini beruvchi “mobil ilova”ni ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyish kabi takliflar bildirildi.
Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring