“Oltin Humo” Milliy kino taqdimotining barcha nominatsiyasi boʻyicha ilk sovrindorlar nomi aniq boʻldi
“Xalq soʻzi ONLINE”. Yulduz Oʻrmonova/Toshkent. “Oltin Humo” Milliy kino taqdimotining barcha nominatsiyasi boʻyicha ilk sovrindorlar maʼlum boʻldi. Demak, quyidagi kinoijodkorlar kelgusida “Oʻzbekiston “Oskar”i boʻlishi kutilayotgan milliy taqdimotning dastlabki laureatlariga aylandilar.
“Oʻzbek kinomatografiyasiga qoʻshgan hissasi uchun” Maxsus mukofoti sovrindorlari:
1. Baxtiyor Ixtiyorov;
2. Sayram Isayeva;
3. Xayrulla Saʼdiyev;
4. Habibulla Fayziyev.
Gʻoliblar:
1. “Ikki elning suyukli farzandi” hujjatli filmi — “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida;
2. “Dovyurak oshpaz” multfilmi (rej. Nozim Toʻlaxoʻjayev) — “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida;
3. Laziz Gʻaniyev (“Elparvar” filmidagi ishi uchun) — “Eng yaxshi grafika ishi” nominatsiyasida;
4. Anvar Fayzullayev (“Tinchlik ortida” filmidagi ishi uchun) — “Eng yaxshi ovoz rejissyori” nominatsiyasida;
5. Valentina Abduqunduzova (“Islomxoʻja” filmidagi ishi uchun) — “Eng yaxshi grim rassomi” nominatsiyasida;
6. Qudratilla Dadajonov (“Issiq non” filmidagi ishi uchun) — “Eng yaxshi montaj ishi” nominatsiyasida;
7. Nina Dobrina — “Eng yaxshi liboslar boʻyicha rassom” nominatsiyasida;
8. Akmal Saidov (“Islomxoʻja” filmidagi ishi uchun) — “Eng yaxshi rassom” nominatsiyasida;
9. Rashid Malikov (“Sabot” filmi uchun) — “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasida;
10. Muyassar Berdiqulova (“Nazira” filmidagi roli uchun) — “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida;
11. Karim Mirxodiyev (“Sabot” filmidagi roli uchun) — “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida;
12. “Vasiyat” filmi (rej. Said Muxtorov) — “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiyasida;
13. “Omnibus” guruhi (“Nazira” va “Elparvar” filmlaridagi ishi uchun) — “Eng yaxshi kinobastakor” nominatsiyasida;
14. Umid Hamdamov (“Issiq non” filmi uchun) — “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida;
15. “Issiq non” filmi — “Yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring