Oltiariqda mahalla yoshlari hokim kubogi uchun bahslashdi

15:38 21 Mart 2022 Jamiyat
1233 0

Foto: Халқ сўзи

Navroʻzi olam bayrami shukuhini yanada oshirish maqsadida Far-ona viloyati Oltiariq tumani 1-sektori hududidagi 22 ta mahallada yashovchi uyushmagan yoshlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Ikki haftaga yaqin davom etgan musobaqa finalida Beruniy nomidagi MFYning “Anvar Obidjon” va «Toshobod» MFY yoshlaridan iborat «Toshobod» jamoalari chempionlik uchun keskin kurash olib bordi.

Poloson qishlogʻidagi “Imkon-arena” oʻyingohida oʻtkazilgan oʻziga xos murosasiz uchrashuvning gʻolibi asosiy vaqtda (1:1) aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida “Anvar Obidjon” jamoasi gʻolib boʻlib, “Hokim kubogi”ni qoʻlga kiritdi.

— Musobaqani oʻtkazishdan maqsad yoshlarning sportga boʻlgan mehrini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmushni qaror toptirishga qaratilgan, — dedi Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev. — Sport musobaqalarini endilikda tumanning barcha sektorlarida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Musobaqa gʻoliblariga kubok, diplom va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер