Olmaotaga qoʻna olmagan samolyotlar Toshkentga yoʻnaltirildi
Quyuq tuman tufayli Olmaota shahriga qoʻna olmagan ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
“Loong Air” aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17-fevral kuni soat 23:05 Toshkentga qoʻndi. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari mehmonxonalarga joylashtirildi. Manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Azimut” aviakompaniyasining Mineralne Vodi – Olmaota yoʻnalishi boʻyicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:11 da poytaxtimizga kelib qoʻndi.
Taʼkidlash joiz, Olmaotaga ushbu reyslar parvoz qilgan vaqtda havo harorati -8° ni tashkil etgan boʻlib, quyuq tumanda koʻrish masofasi 50 metrdan oshmagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring