Olmaota shahrida Oʻzbekiston — Qozogʻiston doʻstlik forumi boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasida Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan oʻzbek-qozoq doʻstlik forumi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbirda Qozogʻiston xalqi Assambleyasi, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ilmiy va akademik doiralari vakillari, «Shugila», «Altin Kopir», «Tulga Dostik» jamoat fondlari, Olmaota shahri oʻzbek va qoraqalpoq etnomadaniy markazlari faollari hamda vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim hamda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqlari bilan tanishdi.
Oʻzbek xalqiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda insonparvarlik yordami sifatida 20 ta kislorod konsentratori taqdim etgani uchun «Shugila» jamoat jamgʻarmasiga minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston-Qozogʻiston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni yana-da mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan faollarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Olmaota shahridagi Oʻzbekiston etnomadaniy birlashmasi raisi oʻrinbosari Abduxalil Oʻralboyevga yangi besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” taqdim etildi.
Qozogʻiston xalqi Assambleyasi Olmaota shahri boʻlimi kotibiyati mudiri Nazar Balkimbayev Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berib, oʻzaro savdo, sarmoyaviy hamkorlik, mintaqalararo va madaniy-gumanitar aloqalarning jadal surʼatlarda oʻsib borayotganini qayd etdi. U Qozogʻistonda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashda Olmaota shahrining oʻzbek va qoraqalpoq etnomadaniy markazlari faollarining alohida oʻrni borligini taʼkidladi.
Forumda soʻzga chiqqan mehmonlar Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani haqida soʻz yuritdi.
Tadbir ishtirokchilariga oʻzbek xonandasi Baxtiyor Matnazarov ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, mehmonlar oʻzbek milliy taomlaridan tatib koʻrish imkoniyatiga ham ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring