Olmaliqdagi koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahbus vafot etdi
 
                Foto: Illustrativ
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqdagi koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumning vafot etgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili maʼlumot berdi.
14-son jazoni ijro etish koloniyasi navbatchilik qismi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-fevral kuni soat 22:45 da jazo muddatini oʻtayotgan mahkum sogʻligʻida oʻzgarish sezgani sababli koloniya shifokorlariga murojaat qilgan. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng ham uning holati yaxshilanmagani sababli, u Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqiziladi.
Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, mahkum 15-fevral kuni soat 01:00 da shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Marhumga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olindi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumning onasi joriy yilning 26-28-yanvar kunlari oʻgʻli bilan uzoq muddatli uchrashuvda boʻlgani va u sogʻligʻi boʻyicha hech qanday shikoyat qilmaganini bildirgan.
“Hozirda mazkur holat Ombudsman xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib oʻrganilmoqda. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsman tomonidan murojaat yuborildi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring