Olmaliqda Rossiyaning “MISiS” universiteti filiali ochildi

Olmaliq shahrida Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filialining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimida Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri Mixail Kotyukov, Oʻzbekiston oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov, “MISiS” rektori Alevtina Chernikova va boshqalar ishtirok etdi.
“MISiS” rektori Alevtina Chernikovaning taʼkidlashicha, ushbu filial talabalari bakalavriat va magistratura bosqichlarini Rossiyada davom ettirish imkoniga ega boʻladi. Shuningdek, Moskva orqali onlayn rejimda dars mashgʻulotlari ham oʻtkaziladi. Mazkur universitetni bitirgan talabalar IELTS sertifikatiga ega boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, filial Prezidentning 2018 yil 11 maydagi PQ-3714-son Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tashkil etilgan.
“MISiS” filialiga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun berilgandi.
2018/2019 oʻquv yilida filial uchun ajratilgan kvota miqdori 150 kishini tashkil qiladi. Filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini eʼtiborga olgan holda “MISiS” MTTU tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring