Olmaliqda qariyb 500 mln soʻmlik qoʻlbola alkogol mahsulotlari fosh etildi

17:13 27 Aprel 2025 Jamiyat
167 0

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida taxminiy qiymati 492,8 million soʻm boʻlgan qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Olmaliq shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “A.N.” MChJ rahbari B.X. “A.Temur” koʻchasidagi savdo doʻkonida kirim hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 492,8 mln soʻmlik 2 203 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi holat Departamentning Qonlikoʻl tumani boʻlimi va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Y. (muqaddam sudlangan) boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, qoʻlbola usulda tayyorlangan 588 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida Qoʻngʻirot tumaniga olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер