Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun BHMning 320 baravari miqdorida foizsiz qarz ajratiladi

15:41 13 Fevral 2026 Jamiyat
303 0

Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun BHMning 320 baravari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-son qaroriga asosan, olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi tashkil etish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida foizsiz qarz (ssuda) ajratilishi belgilangan.

Qarz ajratishda quyidagi talablar belgilanadi:

  • yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan yoki yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining ularga xorijiy tillar boʻyicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikati olinganiga ikki yildan oshmagan boʻlishi;
  • qarz oluvchi subyektlar bilan Jamgʻarma ijro etuvchi organi oʻrtasida affillanganlik holati boʻlmasligi.

Shuningdek, qarz yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarga va ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер