Olimpiya gʻoliblari ishtirokida “Yurt faxri” koʻrgazmalari oʻtkaziladi
“Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (162-son, 06.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil Tokioda oʻtgan olimpiadalar gʻolib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targʻib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli koʻrgazmalar tashkil etiladi.
Koʻrgazma har yili iyul-avgustda sovrindorlar yashaydigan mahallalarda va noyabr-oktyabrda ular oʻqigan taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
Koʻrgazma davomida sportchilarning hayoti va faoliyati haqida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari va koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi, sportchilar ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkillashtiriladi.
Koʻrgazmani oʻtkazishga Sportni rivojlantirish vazirligi masʼul hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring