Olimpiada chempioni fuqaroni urib tan jarohati yetkazdimi?

13:13 02 Sentyabr 2025 Jamiyat
134 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy shahrida Olimpiada chempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazdi” sarlavhali videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, voqea joriy yilning 22-avgust kuni tungi soat 2:00 larda Navoiy shahar “Ziyokor” mahallasi hududida sodir etilgan. Unda, Karmana tumanida yashovchi 1994-yilda tugʻilgan fuqaro S.A. mazkur mahalla hududida joylashgan restoranlarning biriga oʻziga yaqindan tanish boʻlgan fuqarolar bilan ovqatlanish uchun borgan.

Shundan soʻng, fuqaro S.A. toʻlovni amalga oshirgan va yetmay qolgan maʼlum miqdordagi pul mablagʻini avtomashinadan olib berish uchun tashqariga chiqqan vaqtida, mazkur restoranda ishlovchi 2004-yilda tugʻilgan fuqaro M.U. uning oldiga borib, qolgan toʻlov pulini ham amalga oshirishini soʻragan. Spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan S.A. oʻzaro ogʻzaki tortishib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasdan mensimasdan, fuqaro M.U.ni hech bir sabablarsiz qoʻli bilan yuz sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi fuqaro S.A. olimpiada chempioni emasligi, oʻsha kuni restoranga 1995-yilda tugʻilgan disk uloqtirish boʻyicha ikki karra paralimpiada chempioni, fuqaro E.S. bilan birgalikda uning avtomashinasida borgani, oʻzaro tortishuv kelib chiqqan jarayonda fuqaro E.S. avtomashina salonida boʻlgani va holatga keyinchalik aralashib, fuqaro S.A.ni tinchlantirishga harakat qilgani hamda jabrlanuvchi fuqaroga tezkorlik bilan yordam koʻrsatgani maʼlum boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер