Oliy taʼlimda integratsiya
Yurtimizda korrupsiya illatini yoʻqotish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo kapital qurilish, tibbiyot hamda oliy taʼlim tizimi asosiy korrupsiyalashgan sohalar sifatida qaralishi bois, bu sohalarda qilinishi kerak boʻlgan ishlar hali talaygina.
Shu boisdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Oliy taʼlim – korrupsiyasiz soha” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning amaliy davomi sifatida prokuratura Akademiyasida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Treningda YUNESKO eksperti Myuriyel Puasson tomonidan Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimida korrupsiya xavfini tahlil qilish va kamaytirishga qaratilgan yoʻl xaritalarini yaratish, oliy taʼlimda integrassiya, axloq va korrupsiyaga qarshi kurash choralari kabi bir qator muhim masalalar tahlil qilindi.
— Treningda oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish, talabalar bilimini baholash masalalari, xodimlarni ishga olish va ularni lavozimini koʻtarish jarayonlaridagi korrupsiya holatlari tahlil qilindi, — deydi Bosh prokuratura akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy taʼlim markazi katta prokurori Xudoyberdi Tursinbekov. — Bu borada xalqaro tajribalarga ham murojaat qilindi. Tahlil qilingan masalalar va takliflardan kelib chiqib kelgusida samara beruvchi chora-tadbirlar yoʻlga qoʻyiladi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tasdiqlangan oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi yuzasidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”sining ijrosi samaradorligini oshirish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Bugungi koʻpgina sohalarda kadrlar yetishmovchiligining, ularning ilmiy salohiyati pastligining asosiy sababi ham uzoq yillar davomida oliy taʼlim tizimidagi korrupsiyaviy holatlardir. Modomiki, yangi Oʻzbekiston qurmoqchi ekanmiz bu kabi illatlar ildiziga bolta urush vaqti keldi.
Karim ZARIPOV,
OʻzJOKU talabasi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring