Oliy Majlis Senatining oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Bugun, 14-mart kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.
Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat aʼzolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda. Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqidagi masala koʻrib chiqilmoqda.
Yalpi majlis “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston” teleradiokanallari, “Uzreport” telekanali hamda Senatning YouTube tarmogʻidagi sahifasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoritib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring