Oliy Majlis Senati Raisi Misr Arab Respublikasi Senati Raisi bilan uchrashdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Sharm ash-Shayx shahrida oʻtayotgan BMT Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 27-konferensiyasida ishtirok etish uchun Misr Arab Respublikasida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida Tanzila Narbayeva qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi. Xususan, Qohira shahrida Misr Arab Respublikasi Senati Raisi Abdulvahob Abdurroziq bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda ikki tomonlama aloqalarga doir bir qator masalalar, xususan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlament yoʻnalishida faol hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
T.Narbayeva parlamentlararo aloqalar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi barcha darajadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlardan biri hisoblanishini taʼkidlab, Misr parlamenti bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi vazifalarning borishi ustidan tizimli parlament nazoratini oʻrnatishga tayyorlikni bildirdi.
Oʻz navbatida A. Abdurroziq keyingi yillarda oʻzaro aloqalar yangi, yanada yuqori bosqichga koʻtarilgani va turli sohalarda katta amaliy natijalarga erishilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shu bilan birga, 2023-yilda Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Arab va musulmon mamlakatlari parlamentlari ayol yetakchilarining birinchi forumini oʻtkazish tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.
Bundan tashqari, tomonlar oʻrtasidagi aloqalarning huquqiy bazasini mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Eʼtiborlisi, muloqotda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari, jumladan ayollar va yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasi ikki mamlakatda ham davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidlandi hamda mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarga ham eʼtibor qaratildi.
Muloqot davomida tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish masalalarini tartibga soluvchi “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring